Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Volume 2 Issue 3 (2026) · pp. 359-364
GRIPPGA QARSHI VAKSINATSIYANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Masharipova, Shoxista
Abstract
Gripp dunyo miqyosida keng tarqalgan va yuqori kontagiozlikka ega bo‘lgan yuqumli kasalliklardan biri bo‘lib, u sog‘liqni saqlash tizimiga katta epidemiologik hamda iqtisodiy yuk tushiradi. Mavsumiy epidemiyalar davrida aholi orasida kasallanish, asoratlar va gospitalizatsiya holatlarining oshishi kuzatiladi, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi aholi qatlamlarida. Shu bois grippga qarshi vaksinatsiya eng samarali spetsifik profilaktika usuli sifatida qaraladi. Ushbu maqolada 2023–2024 yilgi epidemik mavsumda 122 nafar ishtirokchi orasida grippga qarshi vaksinatsiyaning samaradorligi, immunogenligi va xavfsizligi baholandi. Ishtirokchilar ikki guruhga ajratildi: vaksinatsiya qilinganlar va nazorat guruhi. Ular epidemik mavsum davomida klinik kuzatuv va laborator tekshiruvlar orqali monitoring qilindi. Immunologik tahlil doirasida vaksinatsiyadan oldin va keyin antitanachalar darajasi serologik usullar yordamida aniqlandi. Olingan natijalar vaksinatsiya qilingan guruhda gripp va grippga o‘xshash kasalliklar, shuningdek ular bilan bog‘liq asoratlar sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari grippga qarshi vaksinatsiyaning yuqori samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlab, uni aholi orasida keng joriy etish kasallanish va asoratlarni kamaytirishda, shuningdek barqaror jamoaviy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
grippvaksinatsiyaimmunitetimmunogenlikprofilaktika
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.