Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-tom 3-san (2026) · 376-383-betler
QANDLI DIABET FONIDA RIVOJLANGAN O'PKANING NEKROTIZIRLOVCHI PNEVMONIYASIDA IMMUNOLOGIK VA YUQUMLI OMILLAR: JARROHLIK NATIJALARINI PROGNOZLASH
Matmuratov Q.J, Ro’zmetov N.A
Annotaciya
Ushbu maqolada qandli diabeti (QD) mavjud bemorlarda o'pkaning nekrotizirlovchi pnevmoniyasi (ONP) kechishidagi immunologik va yuqumli omillar hamda ularning jarrohlik natijalarini prognozlashdagi ahamiyati o'rganilgan. Tadqiqot 2017–2026 yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasida 503 nafar bemorda (taqqoslash guruhi — 258, asosiy guruh — 245) amalga oshirildi. QD bemorlarda immunosupressiya (CD4+ limfotsitlar kamayishi, neytrofillar faolligining susayishi), surunkali giperglikemiya va mikrosirkulyatsiya buzilishi ONP ning tezkor progressiyasiga, ko'p o'choqli destruksiyaga va bronxoplevral yo'riq (BPY) riski oshishiga zamin yaratadi. Asosiy guruhda differensiatsiyalangan immunologik monitoring va takomillashtirilgan jarrohlik taktikasi natijasida o'lim darajasi 9,7% dan 5,3% ga, umumiy asoratlar 34,9% dan 21,6% ga kamaydi (p<0,05). HbA1c > 9% va IL-6 > 80 pg/ml prognozning mustaqil xavf omillari sifatida aniqlandi.
qandli diabetnekrotizirlovchi pnevmoniyaimmunosupressiyaIL-6, CD4+ limfotsitlarbronxoplevral yo'riq
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.