Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Том 2 № 3 (2026) · с. 401-411
TIBBIY FAOLIYAT VA BEMOR XAVFSIZLIGI: IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIYOT MUASSASALARIDA SIFATNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIYASI
Matnazarova, Gulbahor, Sabirov, Djakhongir, Agzamova, Nozimaxon
Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimining fundamental yo‘nalishi — tibbiy faoliyatda bemor xavfsizligini ta’minlashning tizimli mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Bolalar milliy tibbiyot markazi (BMTM) tajribasiga tayanib, xalqaro JCI (Joint Commission International) standartlari va Bemor xavfsizligining xalqaro maqsadlari (IPSG) asosida sifatni boshqarish metodologiyasi yoritilgan. Maqolada tibbiy xatolar va shifoxona ichi asoratlarini (ShOA) minimallashtirishda "nol zarar" (zero harm) konsepsiyasining ahamiyati ilmiy asoslab berilgan. Maqolaning asosiy qismida klinik xavflarni boshqarishning amaliy vositalari: bemorlarni identifikatsiya qilishning aniqligi, "Read Back" va "SBAR" protokollari orqali kommunikatsiya samaradorligini oshirish, yuqori xavfli dori vositalari (LASA) bilan ishlashda "ikki tomonlama nazorat" (double check) tizimi batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, jarrohlik xavfsizligini ta’minlovchi uch bosqichli tekshiruv (Sign In, Time Out, Sign Out), infeksion nazoratning JSST tamoyillari hamda Morze shkalasi yordamida yiqilish xavfini kamaytirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilgan. Mualliflar muassasada "Just Culture" (Adolatli madaniyat) muhitini shakllantirish va klinik hodisalarni jazosiz qayd etish tizimini joriy qilishning ahamiyatini alohida ta’kidlaydilar. Xulosa sifatida, standart operatsion protokollarni (SOP) tibbiy faoliyatga integratsiya qilish davolash samaradorligini oshirish va bemorga yetkazilishi mumkin bo‘lgan kutilmagan zararlarning oldini olishning eng samarali strategiyasi ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan
bemor xavfsizligitibbiy faoliyatIPSGSOPJCI standartlari
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.