Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Ҷилди 2 № 3 (2026) · Саҳифаҳои 423-427
FARG‘ONA VILOYATIDA 2025 YILDA FASSIOLYOZ VA BOSHQA PARAZITAR KASALLIKLAR EPIDEMIOLOGIK HOLATI HAMDA TAHLILIY NATIJALAR
Mirzoyeva, Mehriniso, Shokirov, Mashrabjon, Axmadaliyev, Rustam, Anvarov, Jaxongir
Аннотатсия
Ushbu ilmiy maqolada 2025 yil yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi parazitologik vaziyat, xususan, fassiolyoz kasalligining tarqalish dinamikasi va epidemiologik xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyat aholisi orasida qayd etilgan 80 ta fassiolyoz holati o‘rganilib, ularning 76 foizi qishloq hududlariga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Shuningdek, maqolada enterobioz, lyamblioz va gimenolepidoz kabi keng tarqalgan gelmintozlarning yosh tuzilmasi bo‘yicha tahlili keltirilgan bo‘lib, bolalar orasidagi zararlanish darajasi yuqoriligi ko‘rsatilgan.
fassiolyozparazitar kasalliklarFarg‘ona, epidemiologiyaenterobiozprofilaktika
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.