Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том 3-сан (2026) · 470-476-беттер
YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA (0–15 KUNLIK DAVRDA) O‘TKIR ICHAK INFEKSIYALARINING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY DAVOLASH STRATEGIYALARI
Rahimberganova, Mehribon
Аннотация
Ushbu maqolada 15 kunlik yangi tug'ilgan chaqaloqlarda o'tkir ichak infeksiyalarini (OII) jarrohlik bo'lmagan usullarda davolashda patogen mikroflorani va antimikrob preparatlarga chidamlilikni (AMR) kuzatish natijalari hamda ularning davolash taktikasiga ta'siri yoritilgan. Tadqiqot 2022–2024 yillar davomida Toshkent shahar 1-sonli bolalar klinik kasalxonasida 87 nafar 15 kunlik chaqaloqda o'tkazildi. Bakteriologik va virusologik tekshiruv natijasida eng ko'p aniqlangan patogenlar: Escherichia coli — 38,2%, Klebsiella pneumoniae — 20,7% va rotavirus — 18,4% bo'lib, birgalikda 77,3% ni tashkil etdi. Mikrobiyologik monitoring asosida individual davolash taktikasini (probiotiklar + selektiv antibiotik) qo'llash 72 soat ichida klinik yaxshilanishni 84,6% bemorlarida ta'minladi va og'ir asoratlar darajasini sezilarli kamaytirishga imkon berdi. Olingan natijalar AMR monitoringini 15 kunlik chaqaloqlarda OII davolashning majburiy tarkibiy qismi sifatida joriy etish zarurligini isbotlaydi.
o'tkir ichak infeksiyasiyangi tug'ilganneonatologiyadehidratatsiyaprobiotik
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.