Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-jild 3-son (2026) · 522-528-betlar
INFEKSION VA METABOLIK OMILLAR FONIDA RIVOJLANGAN IKKILAMCHI DISMETABOLIK PIELONEFRIT: BOLALARDA KLINIK-LABORATOR KO‘RSATKICHLAR VA SIYDIK FERMENTLARI DINAMIKASINING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI
Raximova, Shafoat
Annotatsiya
Ushbu maqola infeksion va metabolik omillar fonida rivojlangan ikkilamchi dismetabolik pielonefritning bolalardagi klinik-laborator xususiyatlari hamda siydik fermentlari dinamikasining epidemiologik ahamiyatini yoritadi. Tadqiqotga 5–16 yoshdagi 112 nafar bola jalb etildi: 88 nafari asosiy guruh, 24 nafari sog‘lom nazorat guruhi. Barcha ishtirokchilarda klinik ko‘rik, umumiy qon va siydik tahlillari, siydikning nisbiy zichligi, kristalluriya darajasi hamda siydik γ-GT faolligi baholandi. Natijalarga ko‘ra, bemorlarning sezilarli qismida oilaviy buyrak kasalliklari, metabolik buzilishlar va siydik yo‘llari infeksiyalari aniqlanib, irsiy va infeksion omillarning roli tasdiqlandi. Kristalluriya 38,6 % holatda qayd etilib, oksalatlar ustunlik qildi va nazorat guruhiga nisbatan ishonchli yuqori ko‘rsatkichlar kuzatildi (p<0,01–0,001). Siydik γ-GT faolligining oshishi tubulointerstitsial shikastlanish belgisi sifatida baholandi (p<0,001). Olingan ma’lumotlar siydikning nisbiy zichligi va fermentativ ko‘rsatkichlar monitoringi buyrak kanalchalari disfunksiyasini erta aniqlash, kasallik prognozini baholash hamda qaytalanishlarning oldini olishda muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
ikkilamchi dismetabolik piyelonefritbolalarsiydik nisbiy zichligisiydik fermentlarikristalluriya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.