Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-jild 3-son (2026) · 539-542-betlar
SHIFOXONA ICHI INFEKSIYALARI PROFILAKTIKASI
Raximova, Xurshida
Annotatsiya
Ushbu maqolada tibbiyot muassasalarida shifoxona ichi infeksiyalarining (ShII) oldini olishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot asosan San Q va M № 0342-17 "Davolash-profilaktika muassasalarida ichki infeksiyalarning oldini olishga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablar" me’yoriy hujjati hamda O‘zbekiston Respublikasining oxirgi 5 yildagi sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlari asosida tayyorlandi. Maqolada ShII ning etiologik tuzilishi, polirezistent gospital shtammlarning shakllanish qonuniyatlari va ularning tarqalish mexanizmlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, tibbiyot muassasalarida dezinfeksiya va sterilizatsiya tadbirlarini tashkil etishning yangi bosqichlari, zamonaviy antiseptik vositalarning samaradorligi hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy xavfsizligini ta'minlash masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot yakunida ShII darajasini pasaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar va sanitariya-epidemiologik nazoratni takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan.
ShIISan Qva M 0342-17nozokomial infeksiyagospital shtammdezinfeksiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.