Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Том 2 № 3 (2026) · с. 548-554
HUJAYRA O’LIMINING DASTURLANGAN SHAKLI: APOPTOZ VA UNING MEXANIZMLARI
Saidova, Firuza, Baxronova, Mexrangiz
Аннотация
Ushbu maqolada hujayra o‘limining dasturlangan shakli bo‘lgan apoptoz jarayoni, uning molekulyar mexanizmlari va biologik ahamiyati keng yoritilgan. Apoptoz – bu organizmda homeostazni saqlash, rivojlanish jarayonlarini boshqarish hamda shikastlangan yoki funksiyasini yo‘qotgan hujayralarni yo‘q qilishda muhim rol o‘ynovchi murakkab, genetik jihatdan boshqariladigan jarayondir. Maqolada apoptozning asosiy yo‘llari, xususan, intrinsik (mitoxondrial) va ekstrinsik (retseptor orqali) yo‘llar, shuningdek, kaspazalar tizimi va ularning faollashuv bosqichlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, apoptozning buzilishi bilan bog‘liq patologik holatlar, jumladan, onkologik kasalliklar, neyrodegenerativ kasalliklar va autoimmun buzilishlar ham muhokama etilgan. Tadqiqot natijalari apoptoz mexanizmlarini chuqurroq tushunish zamonaviy tibbiyotda yangi diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi
apoptozhujayra o‘limikaspazalarmitoxondriyaintrinsik yo‘l
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.