Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали Том 2 № 3 (2026) · с. 618-631
ICHAK MIKROBIOTASI VA UNING OIV INFEKSIYASI BILAN BOG‘LIQ BAKTERIOLOGIK TAHLILI
Tuychiyev, Laziz, Raxmatullayeva, Shaxnoza, Mamatmusayeva, Fotima, Saidova, Barnoxon
Аннотация
Maqolada OIV-infeksiyali bemorlar va amaliy sog’lomlar ichak mikrobiomi o’rtasida taqqoslovchi meta tahlil o’tkazilib, ichak mikroflorasining tuzilma va funksional xususiyatlari o’rganilgan. OIV-infeksiyali bemorlarda immunodefitsit va antiretrovirus terapiya ta’siri bilan bog’liq holda mikrobiom tarkibida sezilarli o’zgarishlar qayd etilgan. Bu o’zgarishlar dominant bakteriyalar (bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar) funksional faolligining pasayishi hamda shartli-patogen mikroorganizmlar (jumladan, Enterobacteriaceae oilasi va Candida zamburug’lari) sonining ortishi bilan namoyon bo’ladi. OIV-infeksiyali bemorlarda mikrobiologik muvozanat disbioz tomonga siljishi aniqlangan bo’lib, bu yallig’lanish jarayonlarining kuchayishiga olib keladi va probiotik hamda prebiotiklardan foydalangan holda kompleks mikrobiokorreksiyani talab etadi. Tadqiqot OIV-infeksiyali bemorlarda immun gomeostazini saqlash va hayot sifatini yaxshilash uchun o’z vaqtida monitoring va qo’llab-quvvatlovchi terapiya muhimligini ta’kidlaydi.
ichak mikrobiomiOIV-infeksiyali bemorlarbifidobakteriyalaktobakteriyadisbioz
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.