Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том 4-нөмір (2026) · 363-370-беттер
O‘ZBEKISTONDA OIV INFEKSIYASI EPIDEMIK JARAYONI KO‘RINISHLARINI TAVSIFLOVCHI AYRIM KO‘RSATKICHLARNING KO‘P YILLIK DINAMIKASI
Umirov S.E, Yusupova D.Y, Yusupov SH.R., Razzoqberganova D.O
Аңдатпа
OIV infeksiyasi XXI asrning eng muhim global sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Maqsad. OIV infeksiyasining epidemik jarayoni ko‘rinishlarini retrospektiv tahlil etish va baholash asosida kasallanish profilaktikasini takomillashtirishdan iborat. Materiallar va usullar. Tadqiqot AL-9624115141-son ilmiy-amaliy loyiha doirasida Respublika OITSga qarshi kurashish markazining 1987–2025 yillardagi hujjatlari asosida bajarildi. Retrospektiv epidemiologik tahlil va biostatistik usullardan foydalanildi. Natijalar. 1987-2025 yillar mobaynida OIV infeksiyasi bilan kasallanishning jadalligi 100 ming nafar aholiga 0,3 dan 14,1 ga qadar tebrangan, o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 9,8 dan, medianasi esa 10,9 dan iborat. O‘zbekistonda OIV epidemiyasining rivojlanish dinamikasini ikki bosqich (boshlang‘ich va to‘plangan bosqichlar) hamda to‘rt davrga ajratish mumkin. 2020-yildan boshlab kasallanishning nisbatan pasayish jarayoni kechayotgan bo’lsa-da, 2025 yildagi kasallanish ko‘rsatkichi (9,6), 1987-1999 yillar mobaynidagi o‘rtacha kasallanish ko‘rsatkichidan (0,3) 32 marta, 2000 yildagi kasallanish ko‘rsatkichidan (0,6) 16 marta yuqori. 2013-2023 yillar mobaynida OIV infeksiyasi bilan kasallanishning o’rtacha ko’rsatkichi (11,7) B va C gepatitlari bilan kasallanishning o’rtacha ko’rsatkichidan (tegishlicha 0,7 va 0,25) mos ravishda 16,7 va 46,8 marta yuqori. “Parenteral yo’l” rukni ostida OIV infeksiyasining giyohvand moddalar in’eksiyasi orqali yuqishi ham, tibbiy muolajalar jarayonida yuqishi ham umumlashtirilgan holatda taqdim etilishi epidemiologik tashxisotning mavhumligiga olib keladi. Kasallanish tarkibida migrantlar hissasining ustuvorlik kasb etishi, bemorlarning jinsiy tarkibida erkaklar hissasining yanada oshishiga olib kelmoqda. Hozirgi paytda tashqi mehnat migratsiyasida bo'lish OIV infeksiyasi epidemik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘lmoqda
OIV infeksiyasiepidemik jarayonkoʻp yillik dinamikakasallanish koʻrsatkichlariepidemiologik monitoring
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.