Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 12 Issue 7 (2025) · pp. 20-23
LEYKOPLAKIYA BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA OG‘IZ BO‘SHLIG‘I MIKROBIOTSENOZI VA MAHALLIY IMMUN HOLATINI BAHOLASH
Idiev G'.E., Babayeva N.M.
Abstract
Ushbu tadqiqotda turli shakldagi leykoplakiyali bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiologik landshafti va mahalliy immun holati o‘rganildi. 2021–2024 yillarda olib borilgan tadqiqotga 120 nafar 30–60 yoshli bemorlar va 30 nafar sog‘lom nazorat shaxslari jalb qilindi. Mikrobiologik tahlillar streptokokklar, stafilokokklar va Candida spp. miqdorining kasallik og‘irligiga qarab ortishini, IgA va lisozim darajasining esa kamayishini ko‘rsatdi. Ozonoterapiya va fotodinamik terapiya qo‘llangan guruhda mikroflora balansining tiklanish tendensiyasi qayd etildi.
leykoplakiyа, og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotasi, lisozim, immunoglobulin A, ozonoterapiya, fotodinamik terapiya.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.