Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 12-jild 7-son (2025) · 24-26-betlar
PARKINSON KASALLIGINING KLINIK SHAKLLARIDA IMMUNOLOGIK, PSIXOLOGIK VA NEYROVIZUAL O‘ZGARISHLARNING KOMPLEKS TAHLILI
Abdukodirov E.I.
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tadqiqotda Parkinson kasalligiga chalingan 155 nafar bemor va 20 nafar sog‘lom ishtirokchidan iborat umumiy 175 nafar shaxsda kasallikning turli klinik shakllarida (tremor-dominant, akineziya-rigid, aralash) immunologik, psixologik va neyrovizual ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Sitokinlar (IL-1β, IL-6, TNF-α, IL-10) darajasi, UPDRS shkalasi, HADS, MMSE, VFT testlari hamda MRT asosida olingan natijalar asosida kasallikning murakkab patogenezi, yallig‘lanish jarayonlari va kognitiv-emotsional o‘zgarishlari baholandi. Tadqiqot natijalari kasallikni kompleks yondashuv asosida diagnostika va reabilitatsiya qilish zarurligini ko‘rsatdi.
Parkinson kasalligi, klinik shakllar, sitokinlar, UPDRS, MRT, psixologik testlar, immunologik o‘zgarishlar, neyrovizual monitoring.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.