Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 12 Issue 7 (2025) · pp. 119-123
2 YOSHDAN 6 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARDA NUTQ BUZILISHINING SABAB VA OG‘IRLIK DARAJALARINI TURLI BAHOLASH SHKALALARI HAMDA TESTLAR YORDAMIDA TAHLIL QILISH
Rahimbayeva G.S., Qosimova Z.A.
Abstract
Mazkur maqolada 2-6 yoshli bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarining asosiy sabablari va darajalarini turli shkalalar va testlar yordamida baholash natijalari yoritilgan. Tadqiqotga jami 80 nafar bola jalb etilgan bo‘lib, ularning nutqiy rivojlanishi ELOLA, Veksler va Bezrukova-Kalenkova metodikalari asosida chuqur tahlil qilingan. Bolalar yengil, o‘rta va og‘ir darajadagi nutq buzilishlariga qarab guruhlarga bo‘lingan. Natijalarga ko‘ra, og‘ir darajadagi nutq buzilishlari ko‘pincha nevrologik va eshitish bilan bog‘liq omillar, shuningdek, atrof-muhitda nutqiy stimullarning yetishmasligi bilan bog‘liq ekani aniqlangan. Shuningdek, jinsiy farqlar ham kuzatilgan bo‘lib, o‘g‘il bolalarda nutqiy muammolar ko‘proq qayd etilgan. Tadqiqot logopedik tashxis va reabilitatsiya uchun kompleks yondashuvning dolzarbligini ko‘rsatdi.
nutq buzilishi, maktabgacha yosh, logopedik baholash, ELOLA testi, Veksler testi, Bezrukova-Kalenkova metodikasi, verbal IQ, fonetik rivojlanish, kognitiv rivojlanish, jinsiy farqlar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.