Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 12-tom 7-san (2025) · 124-126-betler
JARROHLIK AMALIYOTIDAN KEYINGI QORIN OLD DEVORI VENTRAL CHURRALARINI BARTARAF ETISHDAGI JARROHLIK USULLARINING SAMARADORLIGI
Samatov E.V., Otamuradov F.A., Sagirayev N.J.
Annotaciya
So‘nggi yillarda laparoskopik va boshqa minimal invaziv jarrohlik texnologiyalari keng joriy etilayotganiga qaramay, an’anaviy laparotomik usullardan foydalanish amaliyoti hanuz yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bu esa, operatsiyadan keyingi ventral churra (OKVCH)lar rivojlanish xavfini 3–19% gacha oshishiga olib kelmoqda. Churra hosil bo‘lishining asosiy sabablari sifatida operatsiyadan keyingi erta davrda qorin old devoridagi anatomik tuzilmalarda yuzaga keladigan nuqsonlar (yaraning yiringlashi, choklarning ochilishi, eventeratsiya) hamda kechki davrlarda mushak-aponevrotik tuzilmalar zaiflashuvi ko‘rsatiladi. Bu holatlar ko‘pincha ortiqcha semizlik, qandli diabet, erta jismoniy zo‘riqish va boshqa hamroh kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Zamonaviy biologik va sintetik implantatlardan foydalanilgan plastik jarrohlik usullari davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirgan bo‘lsa-da, OKVCH bo‘lgan bemorlar uchun individual jarrohlik yondashuvini to‘g‘ri tanlash muammosi hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
ventral churra, operatsiyadan keyingi asoratlar, churra plastikasining usullari, sintetik materiallar, biologik implantatlar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.