Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 12-том 7-нөмір (2025) · 179-182-беттер
GIPPOKAMPAL SKLEROZLI MEZIAL CHAKKA EPILEPSIYASINI TASHXISLASHDA MMP-9 BIOMARKERINING DIAGNOSTIK ROLI
Sultonova D.A., Azizova R.B.
Аңдатпа
Gippokamp sklerozli (GS) mezial chakka bo‘lak epilepsiyasida (GS-MChBE) MMP-9 biomarkerining diagnostik ahamiyati, uning neyronlar shikastlanishi va xuruj faoliyati bilan bog‘liqligi tufayli, tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. MMP-9 epilepsiya patofiziologiyasida, ayniqsa sinapslarning qayta shakllanishi va gematoensefalik baryer modulyatsiyasida ishtirok etib, bu jarayonlar surunkali ravishda nerv to‘qimasida yallig‘lanishga sabab bo‘ladi,natijada epileptogen tarmoq shakllanishi va xurujlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotda GS-MChBE tashxisiga ega 30 nafar bemorda MMP-9 darajalari, tuzilmaviy o‘zgarishlarsiz epilepsiya turlariga ega 36 nafar bemor ko‘rsatkichlari bilan solishtirildi.Nazorat guruh 22 ta sog‘lom shaxslarni o‘z ichiga oldi.Natijalar MMP-9 darajasining GS-MChBE guruhida statistik jihatdan sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatdi (p<0,001). MMP-9 darajasi gippokampal skleroz darajasi bilan ijobiy korrelyatsiyalandi.Xulosa qilib aytganda, MMP-9 darajalari GS-MChBE uchun potensial diagnostik biomarker sifatida baholanishi mumkin. U epileptik tarmoq shakllanishini tavsiflovchi molekulyar indikator bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, individual davolash yondashuvlarini shakllantirishda yordam berishi mumkin.
Gippokampal sklerozli mezial chakka bo‘lak epilepsiyasi, mezial temporal skleroz, matriks metalloproteinaza-9, diagnostik biomarker, gematoensefalik baryer, epileptogen tarmoq.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.