Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 14 № 9 (2025) · Саҳифаҳои 93-96
O‘SMIRLARDA ART-TERAPIYADAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Babaraximova S.B.
Аннотатсия
Ushbu maqolada o‘smirlarda o‘z joniga qasd qilish tendensiyalarining rivojlanish xavf omillari ko‘rib chiqilgan. O‘smirga nisbatan buzg‘unchi xatti-harakatlar va jismoniy hamda psixologik zo‘ravonlik faktlari o‘smirlarda o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining rivojlanish xavfini bashorat qilishi aniqlandi. Xulq-atvor buzilishlarini kamaytirish uchun psixoterapiya samaradorligining natijalari olindi.Tadqiqotning maqsadi: Xulq-atvori buzilgan o'spirinlarda psixoterapiya usullarini o'tkazish xususiyatlarini o'rganish va psixokorrektsion yordamni optimallashtirish.Materiallar va usullar: Xulq-atvori buzilgan va depressiv genezli o'z joniga qasd qilish niyatida bo'lgan 111 o'smir tekshirildi. Strukturlangan shaxsiy so'rovnoma psixologik testlar-savollar ro'yxatini o'z ichiga olgan bo'lib, o'z joniga qasd qilish xatti-harakatlarini shakllantiruvchi xavf omillarini aniqlash uchun mo'ljallangan edi.Natijalar. O'z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining turlarini tavsiflash uchun biz A. E. Lichko va A. A. Aleksandrov (1974) tasnifidan foydalanganmiz. Unga ko'ra, o'spirin o'z joniga qasd qilishning uch turi mavjud: affektiv, namoyishkorona va haqiqiy. Biz tekshirgan o'spirinlarda o'z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining eng keng tarqalgan turi namoyishkorona bo'lib, 29 (47,5%) bemorda kuzatilgan. O'smirlarda art-terapiyadan foydalanish samaradorligi spirtli ichimliklar va toksikomanik moddalarni suiiste'mol qilish darajasining sezilarli darajada pasayishi, o'z joniga qasd qilish tendentsiyalari va autoagressiv harakatlarning kamayishi bilan isbotlangan.
psixoterapiya; buzg‘unchi xatti-harakatlar; zo‘ravonlik; o‘z joniga qasd qilish tendensiyalari; o‘smirlar; shaxsiy xususiyatlar; hissiy buzilishlar.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.