Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 14 Issue 9 (2025) · pp. 203-206
BIOLOGIK MOSLIK VA CHIDAMLILIKNI HISOBGA OLGAN HOLDA OLINMAYDIGAN PROTEZLAR UCHUN TURLI MATERIALLARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Idiev G'.E., Ataxonov A.A.
Abstract
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, protez materiallarining og‘iz to‘qimalari bilan biologik o‘zaro ta’siri ortopedik davolash samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Zamonaviy protez materiallari — metall, keramika, zirkon, kompozit va polimer asosli — o‘zining mexanik mustahkamligi va biologik moslik darajasi bilan farqlanadi. Metall qotishmalar yuqori chidamlilikka ega bo‘lsa-da, ion ajralishi natijasida yallig‘lanish va allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Zirkon va keramika materiallari yuqori biologik inertlik va bakterial biofilmga qarshilik xususiyatlariga ega. Kompozit materiallarda esa monomerlarning ta’siri natijasida oksidlovchi stress kuzatiladi. Kelgusidagi ilmiy yo‘nalishlar biomateriallarning bioaktiv qoplamalar bilan modifikatsiyasi orqali ularning to‘qimalarga integratsiyasini yaxshilashga qaratilgan.
biologik moslik, zirkon, stomatologik biomateriallar, to‘qima reaksiyasi, bioaktivlik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.