Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 14 Issue 9 (2025) · pp. 225-228
RIVOJLANISH DAVRIDA TURLI TURDAGI BRAKET TIZIMLARI YORDAMIDA AMALGA OSHIRILGAN ORTODONTIK DAVOLASHNING YUZ SKELETI O‘SISHIGA TA’SIRI
Fozilov O‘.A., Qodirov M.M.
Abstract
Maqolada turli turdagi braket tizimlarining (metall, keramika va o‘zini bog‘lovchi) bolalarda yuz skeleti va tishlar qatorining o‘sishiga ta’siri tahlil qilingan. Jahon va mahalliy adabiyotlar asosida braket tizimlarining biomekanik, estetik va biologik xususiyatlari, ularning skelet o‘sishiga, alveolyar suyak remodelirovkasi va yumshoq to‘qimalar morfologiyasiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zini bog‘lovchi braketlar fiziologik kuch ta’siri orqali suyak o‘sishini rag‘batlantiradi, yuz profilining tabiiy holatini saqlaydi va davolash natijalarining barqarorligini ta’minlaydi. Mualliflar fikriga ko‘ra, o‘smir yoshdagi bemorlarda ortodontik davolashni individual morfotip asosida rejalashtirish yuz skeleti o‘sishini boshqarishning eng samarali usuli hisoblanadi.
braket tizimlari, yuz skeleti o‘sishi, o‘zini bog‘lovchi braket, ortodontik davolash, sefalometriya, alveolyar suyak, morfologik o‘zgarishlar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.