Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 14 Issue 9 (2025) · pp. 233-238
SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI BO’LGAN BEMORLARDA ARTERIAL GIPERTONIYANI DAVOLASHDA AQF INGIBITORLARI, ARA II, β-ADRENOBLOKATORLAR VA DIURETIK VOSITALARDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI
Nuralieva R.M.
Abstract
Arterial gipertenziya – bu yurak-qon tomir tizimining kasalligi bo’lib, u birinchi navbatda, tinch holatda arterial bosimning doimiy ravishda 140/90 mm simob ustunidan yuqori bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Arterial gipertenziya surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) rivojlanishining xavf omili hisoblanadi. Arterial gipertenziya va surunkali yurak yetishmovchiligi rivojlangan davlatlarda sog’liqni saqlashning asosiy muammolari hisoblanadi. Arterial gipertoniya bilan og’rigan surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) bo’lgan bemorlarni davolash kompleks yondashuvni talab qiladi, bu davo vositalarini qo’llash va turmush tarzini o’zgartirishni o’z ichiga oladi. Dorivor davolashning asosini AYeF (angiotenzin aylantiruvchi ferment) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar va angiotenzin II retseptorlari blokatorlaridan iborat kombinatsiyalangan davo tashkil etadi. Shuningdek, tuz iste’molini cheklash, vaznni nazorat qilish, zararli odatlarni tark etish va me’yoriy jismoniy mashqlarni bajarish muhim hisoblanadi.
arterial gipertoniya, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyani davolash, arterial gipertoniyani davolashda tanlov preparatlari.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.