Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 14 № 9 (2025) · Саҳифаҳои 239-244
DIAFRAGMA RELAKSATSIYASIDA AN’ANAVIY VA MINI INVAZIV JARROHLIK USULLARINING IMKONIYATLARI
Tursunov N.T., Irisov O.T., Polvonniyozov X.G‘., Babajanova Sh.B.
Аннотатсия
Diafragma – bu asosiy nafas olish muskuli bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i pressining eng muhim a’zolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar diafragma relaksatsiyasi tushunchasining barqaror ta’rifi mavjud emas va barcha mavjud talqinlar bir qator sabablarga ko‘ra diafragma gumbazining mushak tonusining buzilishini nazarda tutuvchi yuzaga kelgan patologik holatni eng aniq tavsiflashga qaratilgan. Diafragma relaksatsiyasi klinik ko‘rinishlari juda xilma-xildir. Diafragma relaksatsiyasi davolash, avvalo, kasallikning kelib chiqishi (etiologiyasi) va klinik belgilariga bog‘liq. Ko‘pincha hech qanday alomatlarsiz o‘tadigan va faqat bir tomonda zararlanishi bo‘lgan bemorlar davolanishga muhtoj emaslar. Bir qator tadqiqotchilarning fikricha, diafragma nerviga elektr tokini berish nafaqat uni stimulyatsiyalash usuli, balki nervning qisqarishi natijasida hosil bo‘ladigan bosimni o‘lchash orqali gumbazning mexanik funksiyasini aniqlash imkoniyatini ham beradi. Tavsiflangan usulning istiqbolli ekanligiga qaramay, diafragma nervida rekonstruktiv operatsiyalar keng qo‘llanilmadi.
diafragma relaksatsiyasi; mini invaziv jarrohlik usuli; lateks ballonlari; rekonstruktiv operatsiyalar.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.