Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 14-tom 9-san (2025) · 350-354-betler
SHAHAR SHOVQININING UYQU SIFATI VA KOGNITIV FUNKSIYALARGA TA’SIRI
Salomova F.I., Toshmatova G.A., Axmadaliyeva N.O., Sadullayeva X.A.
Annotaciya
Shahar shovqini atrof-muhit gigiyenasining asosiy muammolaridan biri bo‘lib, transport, qurilish va sanoat faoliyatidan kelib chiqadigan ifloslanish omili sifatida uyqu sifati va kognitiv funksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tunda 45 dB dan yuqori shovqin darajasi uyqu buzilishini 20–40% ga oshiradi (OR=1.52, 95% CI: 1.29–1.78), bu kognitiv pasayish xavfini 1.4–2.0 baravar ko‘paytiradi va atrof-muhit gigiyenasi standartlariga (JSST: kunduzi 55 dB, tunda 40 dB) zid keladi. Bolalarda shovqin o‘qish natijalarini 0.8–1.2 ballga pasaytiradi, keksa yoshdagilarda demensiya xavfini oshiradi. Shovqin sezgirligi, havo ifloslanishi va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirni kuchaytiradi. Sharh gigiyenik profilaktika choralarini (akustik to‘siqlar, yashil zonalar) taklif qiladi va kelajakdagi tadqiqotlar uchun longitudinal dizaynlar va genetik omillarni o‘rganishni tavsiya etadi.
Shahar shovqini, uyqu sifati, kognitiv funksiyalar, atrof-muhit shovqini, ruhiy salomatlik, meta-tahlil, epidemiologiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.