Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 14-jild 9-son (2025) · 403-405-betlar
TAJRIBAVIY YARALI KOLITDAN KEYINGI LIMFA TUGUNLARIDAGI MORFOLOGIK O’ZGARISHLARI
Malikov M.M., Sadiyev E.S.
Annotatsiya
Tajribaviy yarali kolit (TYK) — ichak shilliq qavatining yallig‘lanish jarayoni bilan kechadigan surunkali kasallik bo‘lib, uning patologiyasi nafaqat ichakda, balki limfa tugunlarida ham sezilarli morfologik o‘zgarishlarga olib keladi. Ushbu tadqiqotda tajribaviy model yordamida yarali kolit induktsiya qilinib, kasallik jarayonidan keyingi limfa tugunlaridagi histologik va morfometrik o‘zgarishlar o‘rganildi. Limfa tugunlarida hujayra zichligi ortishi, yallig‘lanish hujayralarining ko‘payishi, follikullar strukturasining o‘zgarishi va stromal to‘qimalarning reaktiv o‘zgarishlari aniqlangan. Bu o‘zgarishlar limfa tugunlarining immun javobdagi faolligini ko‘rsatib, yarali kolit patogenezida limfa tugunlarining ahamiyatini ta’kidlaydi. Olingan natijalar kasallikning immunologik mexanizmlarini yanada chuqurroq tushunishga va yangi diagnostika hamda terapevtik yondashuvlarni ishlab chiqishga asos bo‘lishi mumkin.
Tajribaviy yarali kolit, limfa tugunlari, morfologik o‘zgarishlar,• histologiya, surunkali kolit
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.