Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 14-том 9-нөмір (2025) · 406-409-беттер
IS GAZINING SURUNKALI TA’SIRI NATIJASIDA BUYRAK USTI BEZLARIDA YUZAGA KELADIGAN MORFOLOGIK VA MORFOMERIK O'ZGARISHLARNING YANGICHA TALQINI
Nurmatov S.T., Rustamova D.J.
Аңдатпа
Is gazi (CO) organizm uchun eng xavfli toksik moddalardan biri bo‘lib, uning surunkali ta’siri qon, yurak-qon tomir tizimi, markaziy asab tizimi hamda endokrin bezlarga, xususan, buyrak usti bezlariga jiddiy morfologik va funksional o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Ushbu tadqiqotda oq zotsiz kalamushlarda is gazining uzoq muddatli ta’siri natijasida buyrak usti bezlarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar o‘rganildi. Shu bilan birga, sut qushqo‘nmas (Asparagus officinalis) ekstrakti yordamida korreksiya qilinishi samaradorligi baholandi. Natijalar buyrak usti bezi to‘qimasida stromal va parenximatoz elementlarning disbalansi, giperplaziya, vakuolyar degeneratsiya va mikrosirkulyatsiya buzilishlarini ko‘rsatdi. Morfometrik tahlillar zona glomeruloza, zona fascikulata va zona retikularisning qalinligida ishonchli farqlarni aniqladi. Bu o‘zgarishlar sut qushqo‘nmas o‘simligi yordamida korreksiya qilingan guruhda sezilarli darajada kamaygan.
karboksigemoglobin, buyrak usti bezi, morfometriya, gistologiya, immunogistokimyo, gipoksiya, qushqo‘nmas.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.