Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 15 № 10 (2025) · Саҳифаҳои 7-13
COVID-19 DA BUYRAKLAR SHIKASTLANISHI PATOGENETIK MEXANIZMLARI
Nazirjonov O.X., Abdurahimov A.X.
Аннотатсия
Tadqiqotchilarning aksariyati OʻBSH etiologiyasi va patogenezidan qat’iy nazar, buyrak to‘qimasi shikastlanishining shakllanishida umumiy asosiy bo‘gʻinlar mavjudligini ta’kidlaydilar. Hozirgi vaqtda yalligʻlanish jarayonining rivojlanishi yetakchi hisoblanadi. Zararlovchi omil (ishemiya, nefrotoksik agentlar va boshqalar) endoteliositlar va tubulyar epiteliy hujayralari tomonidan yalligʻlanish mediatorlari (sitokinlar va xemokinlar) ishlab chiqilishini chaqiradi. Leykositlar, shu jumladan neytrofillar jarayonning dastlabki bosqichlarida shikastlanish o‘chogʻiga o‘tib, sitokinlar ajratib chiqaradi va buyrak to‘qimasining zararlanishini kuchaytiradi. Kanalchalar epiteliysi hujayralari sitoskeleti strukturasi buziladi, bu hujayralar ko‘chib tushib, keyinchalik nekrozga yoki apoptozga uchraydi. Kanalchalarning hujayralar, oqsil va hujayra silindrlari bilan tiqilib qolishi, shuningdek kapillyarlarning vazokonstriksiyasi koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) pasayishiga sabab bo‘ladi deb taxmin qilinadi.
COVID-19, buyrak shikastlanishi, patogenez, yallig‘lanish, sitokinlar, endoteliy disfunksiyasi, nefrotoksiklik, ishemiya, apoptoz, nekroz, tubulyar epiteliy, kapillyar vazokonstriksiya, koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT), immun yondashuv, sitokin bo‘roni.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.