Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 15-jild 10-son (2025) · 40-43-betlar
ADENOTONZILLYAR TIZIMNING ANATOMIK VA IMMUNOLOGIK TUZILISH XUSUSIYATLARI
Shamsiev D.F., Abdusamatova I.I., Isroilova O.Z., Mingboyev X.Oʻ. Avazov E.S.
Annotatsiya
Ushbu maqolada adenotonzillyar tizimning immunologik va anatomik tuzilish xususiyatlari, uning patologik jarayonlardagi o‘rni va klinik ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqotda 120 nafar bemor ishtirok etdi, ulardan 90 nafari adenoidid yoki surunkali tonzillit tashxisiga ega bo‘lib, 30 nafar sog‘lom shaxs nazorat guruhini tashkil qildi. Nazofaringoskopiya, 3D rentgen, KT, gistologik tahlil va immunologik ELISA usullari qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, bemorlar guruhida adenoid o‘lchamlarining ikki baravar kattaligi, IgA, IL-6 va TNF-α kabi immunologik markerlarning sezilarli oshishi aniqlangan. Anatomik o‘zgarishlar va immunologik faollik o‘rtasida kuchli korrelyatsiya qayd etildi. Tadqiqot natijalari bolalar salomatligini yaxshilash va yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini erta diagnostika qilishda muhim ahamiyatga ega.
Adenotonzillyar tizim, adenoidid, tonsillit, immunitet, IL-6, TNF-α, gistologiya, anatomik tuzilish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.