Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 15 № 10 (2025) · с. 44-47
ADENOID VEGETATSIYALARINING NAFAS YO‘LLARI ANATOMIYASIGA TA’SIRI VA ULARNING SEFALOMETRIK KO‘RSATKICHLARI
Shamsiev D.F., Abdusamatova I.I., Shonazarova G.Q., Abdusamadov S.B., Saidova Z.R., Hamraeva Z.M.
Аннотация
Mazkur maqolada adenoid vegetatsiyalarining yuqori nafas yo‘llari anatomiyasi va kraniofasial o‘sish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri sefalometrik parametrlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot 3–14 yoshdagi 150 nafar bolalarda o‘tkazilib, klinik ko‘rik, endoskopik baholash, lateral bosh rentgenografiyasi va sefalometrik o‘lchovlar yordamida anatomik ko‘rsatkichlar aniqlandi. Natijalar adenoid vegetatsiyalari nazofaringeal bo‘shliqni keskin toraytirishini, posterior airway space (PAS), PNS–Ad2 masofasi va nazofaringeal kenglik sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatdi. Shuningdek, ANB burchagining ortishi yuz-jag‘ skeleti disbalansining kuchayishiga olib kelishi qayd etildi. Tadqiqot adenoid giperplaziyasining nafas yo‘li o‘tkazuvchanligi, uyqu, nutq, eshitish va yuz-jag‘ shakllanishidagi klinik ahamiyatini yoritadi.
adenoid, nafas yo‘li, sefalometriya, AN-ratio, PAS, ANB, kraniofasial shakllanish, obstruksiya
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.