Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 15 № 10 (2025) · с. 48-51
O‘PKANING SEGMENTAR ANATOMIYASI VA O‘PKA REZEKSIYASIDA JARROHLIK YONDASHUVLARI
Maxkamov B.T., Shavkatov E.R., Xudoyqulova M.X., Qayumova M.K.
Аннотация
Mazkur maqolada o‘pkaning segmentar anatomiyasi va zamonaviy segmentektomiya jarrohlik yondashuvlarining klinik samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot 94 nafar o‘pka patologiyalari aniqlangan bemorlar va 30 nafar sog‘lom nazorat ishtirokida olib borilib, KT, KT-angio va 3D-rekonstruksiya yordamida segmentar tuzilmalar baholandi. Jarrohlik amaliyotlarida VATS asosidagi segmentektomiya usullari qo‘llandi va operatsiyadan keyin respirator funksiyalardagi tiklanish dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari segmentektomiya o‘pka parenximasining maksimal saqlanishi, kam asoratlar, tez reabilitatsiya va yuqori funksional natijalar bilan ajralib turishini ko‘rsatdi. Mazkur usul kichik o‘lchamli o‘sma va cheklangan yallig‘lanish jarayonlarida lobektomiyaga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham samaraliroq ekanligi ta’kidlandi.
o‘pka segmentlari, segmentektomiya, o‘pka anatomiyasi, VATS, 3D-rekonstruksiya, KT-angio, jarrohlik yondashuvi, o‘pka rezeksiyasi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.