Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 15 № 10 (2025) · Саҳифаҳои 93-100
REZISTENT ARTERIAL GIPERTENZIYA: PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI, ZAMONAVIY TASHXIS VA DAVOLASH YONDASHUVLARI
Sheranov A.M.
Аннотатсия
Rezistent arterial gipertenziya (RAG) tushunchasi ko‘p yillar avval joriy etilgan bo‘lib, 2018 yilda Amerika Yurak Assotsiatsiyasining (AHA) ilmiy bayonoti va Yevropa Kardiyologiya Jamiyati (ESC) tavsiyalarida qayta tasdiqlangan [1]. Ushbu xavfli klinik holatda arterial bosim uch xil klassga mansub (odatda renin-angiotenzin-aldosteron tizimi blokatori, kalsiy kanali blokatori va diuretik) preparatlar maksimal dozalarda qabul qilinishiga qaramay nazorat ostiga olinmaydi yoki maqsadli darajaga erishish uchun ≥4 ta dori talab etiladi [2]. RAG bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari xavfi boshqarilayotgan gipertenziyaga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, uzoq muddatli asoratlar va o‘lim ehtimoli deyarli ikki baravar ko‘p uchraydi [3]. Mazkur maqolada RAGni aniqlash va baholashdagi zamonaviy muammolar, ushbu holatning asl patofiziologik mexanizmlari hamda ilg‘or diagnostik va terapevtik yondashuvlar tahlil qilinadi. 2018–2025 yillarda e’lon qilingan ilmiy adabiyotlar, metaanalizlar hamda ESC/AHA kabi nufuzli tuzilmalar tavsiyalari asosida rezistent gipertenziyaga zamonaviy qarashlar yoritilgan. Natijalarga ko‘ra, RAGni samarali boshqarish integratsiyalashgan yondashuvni talab etadi: hayot tarzi o‘zgarishlari, kombinatsiyalangan farmakoterapiya, to‘rtinchi qator preparat sifatida mineralokortikoid retseptor antagonisti, zarur hollarda invaziv usullar (renalsimpatik denervatsiya, barorefleks stimulyatsiyasi) va masofaviy kuzatuv texnologiyalarini qo‘llash orqali arterial bosimni nazorat qilish va asoratlarni kamaytirish mumkin.
rezistent arterial gipertenziya, patofiziologiya, tashxis, davolash, arterial qattiqlik, endotelial disfunktsiya, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi, buyrak denervatsiyasi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.