Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 15 № 10 (2025) · с. 300-303
BOLALARDA BRONXOOBSTRUKTIV SINDROMNING DARAJASI VA OG‘IRLIGI: D VITAMINI MIQDORI ORASIDAGI BOG‘LIQLIK
Sharipov R.X.
Аннотация
Ishda bronxoobstruktiv sindrom (BOS) mavjud 48 nafar bemor bolalarning anamnezi, tekshiruvning klinik-laborator usullari natijalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Ko‘rsatilgan patologiyali bolalar qon zardobida vitamin D (25 (ON) D3) metabolitining miqdori radioimmun usulda o‘rganildi. Onalar tomonidan erta yoshdagi bolalarda raxit shakllanishi uchun asosiy xavf omillari homiladorlik davrida D vitaminini qabul qilmaslik, ovqatlanishdagi nuqsonlar va homiladorlik davrida temir tanqisligi anemiyasi va asoratli tug‘ruq bo‘lgan bo‘lsa, bola tomonidan hayotning birinchi yilida D vitaminini bermaslik, bolada O‘RVI, toza havoda yetarlicha bo‘lmaslik bo‘lgan. Bronxoobstruktiv sindrom bilan og‘rigan bolalarda D vitaminini profilaktik qabul qilish samaradorligi juda past ekanligi ma’lum bo‘ldi, bu tekshirilgan bolalarning qon zardobida D vitamini metabolitining past darajasi bilan bir qatorda, ularda raxit rivojlanishining yuqori chastotasi bilan tasdiqlandi. Vitamin D yetishmovchiligini korreksiyalash an’anaviy terapiya tarkibida Akvadetrim preparati bilan 2000 ME (25 (ON) D3 20-30 ng/ml darajasida) va 3000 ME (25 (ON) D3 10-20 ng/ml darajasida) kuniga 1 marta statsionarda bo‘lish davomida har kuni og‘iz orqali, keyinchalik bir oy davomida ambulatoriya sharoitida qo‘llash orqali amalga oshirildi. D vitaminini qo‘shimcha qabul qilish BOS bilan og‘rigan bolalarning umumiy ahvolini yaxshilash bilan bir qatorda, bu bolalarning qon zardobidagi 25 (ON) D3 ni normallashtirishga yordam berdi. Demak, olingan ma’lumotlar BOSda D vitamini darajasini majburiy korreksiyalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
bronxoobstruktiv sindrom, fosfor-kalsiy almashinuvi, xavfli omillar, raxit, D vitamini, 25(OH)D₃, qon zardobi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.