Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 15 № 10 (2025) · Саҳифаҳои 316-319
GESTATSION DIABET FONIDA METABOLIK KO‘RSATKICHLAR, GORMONAL O‘ZGARISHLAR VA PERINATAL NATIJALARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Nasirova Sh.Sh.
Аннотатсия
Ushbu ilmiy tadqiqot gestatsion diabet (GSD) bilan og‘rigan homilador ayollarda metabolik buzilishlar, gormonal disbalans va perinatal natijalarning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida GSD aniqlangan 120 nafar homilador ayol va GSD bo‘lmagan 60 nafar nazorat guruhidagi ayollarda klinik, biokimyoviy, gormonal va gematologik ko‘rsatkichlar baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, GSD guruhida glyukoza darajasi, insulin sekretsiyasi, HOMA-IR, triglitseridlar, TSH, shuningdek ferritin darajasining pasayishi va anemiya belgilari sezilarli yuqori uchradi. Perinatal natijalar tahlili esa makrosomiya, preeklampsiya, neonatal gipoglikemiya va kesarevo kesish ehtimoli GSD guruhida statistik jihatdan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot GSDning metabolik va gormonal mexanizmlari ona-homila salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini, erta skrining va metabolik monitoringning yuqori klinik ahamiyatga ega ekanini tasdiqladi.
gestatsion diabet, insulinrezistentlik, tiroid gormonlari, metabolik sindrom, ferritin, perinatal natijalar, makrosomiya, glyukoza almashinuvi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.