Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 15 № 10 (2025) · с. 320-323
GUILLAIN–BARRÉ SINDROMINING PATOGENEZIDA SITOKINLAR VA ANTITANALARNING ROLI
Xodjiyeva D.T., Qudratov F.O.
Аннотация
Guillain–Barré sindromi (GBS) — bu periferik nerv tizimini zararlovchi o‘tkir autoimmun kasallik bo‘lib, organizm immun javobi asab to‘qimalarini shikastlaydi.bu o‘tkir immun tizimi tomonidan qo‘zg‘atiladigan poliradikulonevropatiya bo‘lib, asosan periferik nerv tizimini zararlaydi. Uning patogenezida turli xil immunologik omillar, xususan, sitokinlar (IL 1β, IL 6, TNF α, IL 17) vaautoantitanalar (GM1, GD1a, GQ1b kabi gangliozidlarga qarshi antitanalar) muhim rol o‘ynaydi. Sitokinlar yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytiradi, T va B limfotsitlarni faollashtiradi va shikastlanishga olib keluvchi immun javobni kuchaytiradi. Antitanalar esa asab tolalari miyelin qobig‘iga va aksonal strukturaga bog‘lanib, komplement tizimi orqali ularni shikastlaydi. GBS’ning demiyelinizatsion (AIDP) va aksonal (AMAN, AMSAN) shakllarida har xil sitokinlar va antitanalar ustuvorlik qiladi.
Guillain–Barré sindromi, sitokinlar, antitanalar, immunologik markerlar, gangliozidlar, patogenez, immunokorreksiya.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.