Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 15 № 10 (2025) · Саҳифаҳои 404-409
JIGAR EXINOKOKKOZIDAGI ASORATLARNI BARTARAF ETISHDA PUNKTSION-DRENAJ USULINING SAMARADORLIGI
Davlatov S.S., Xamidov O.A., Umarkulov Z.Z.
Аннотатсия
Maqolada jigar exinokokkozi va uning asoratlangan shakllarini jarrohlik yo'li bilan davolashning 448 bemorda o'tkazilgan tahlili keltirilgan. Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot universiteti Jarrohlik kasalliklari va radiologiya kafedrasida o'tkazildi. Bemorlar ikki guruhga bo'lindi: asosiy guruh (n=236) - miniinvaziv endovideoxirurgik va navigatsion-punktsion texnologiyalar qo'llanilgan, va nazorat guruhi (n=212) - an'anaviy ochiq jarrohlik amaliyotlari bajarilgan. Zamonaviy nurli diagnostika usullari (UZT, KT, MRT, RPXG) yordamida kompleks yondashuv kista turi va asoratlar mavjudligini aniqlashda 100% ma'lumotlilikka erishish imkonini berdi. Miniinvaziv texnologiyalarni kimyoterapiya va gepatoprotektorlar bilan birgalikda qo'llash operatsiyadan keyingi asoratlarni Clavien-Dindo tasnifi bo'yicha 24,1% dan 8,1% gacha kamayishiga, o'lim holatlari butunlay yo'qligiga va retsidivlar chastotasini 12,3% dan 6,7% gacha pasayishiga olib keldi. Tadqiqot natijalari jigar exinokokkozini davolashda miniinvaziv texnologiyalarni ustuvor qo'llash samaradorligini ko'rsatadi.
Jigar exinokokkozi, miniinvaziv jarrohlik, endovideoxirurgiya, navigatsion-punktsion usullar, laparoskopik exinokokkektomiya, exinokokkozning asoratlangan shakllari, peritsistektomiya, operatsiyadan keyingi asoratlar, nurli diagnostika.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.