Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 15-том 10-нөмір (2025) · 419-426-беттер
GEN-MODIFIKATSIYALANGAN SOYANING LABORATORIYA HAYVONLARI YO'G'ON ICHAK ME'YORIY MIKROFLORASIGA TA'SIRI DARAJASINI ANIQLASH NATIJALARI
Djurayeva A.A.
Аңдатпа
Ushbu tadqiqotning maqsadi gen-moddiy o‘zgartirilgan (GM) soya bilan oziqlantirilgan oq zotsiz kalamushlarning yo‘g‘on ichak mikrobiotsenozidagi o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. Olingan natijalarga ko‘ra, GM-siz soya bilan oziqlangan hayvonlar guruhida intestinal normal mikroflora tarkibida sezilarli miqdoriy tafovutlar qayd etildi: Bifidobacterium spp. 1,28 barobar va Lactobacillus spp. 1,53 barobar kamaygan, shuningdek Enterobacter spp. va Proteus spp. mos ravishda 4,16 va 6,25 barobar oshgan. Ushbu o‘zgarishlar to‘liq shakllangan disbiotik jarayonni ko‘rsatmaydi, chunki Escherichia coli laktaza-musbat va laktaza-manfiy shtammlari bo‘yicha guruhlar o‘rtasida sezilarli farq aniqlanmadi. GM-soya bilan oziqlangan hayvonlarda disbiozning barcha 5 asosiy komponenti mavjud bo‘lgani holda, GM-siz soya bilan oziqlanganlarda bunday o‘zgarishlar to‘liq namoyon bo‘lmadi. Natijada, intakt guruhda disbioz alomatlari aniqlanmadi, GM-siz soya bilan oziqlanganlarda disbiozning yengil darajasi (DI I), GM-soya bilan oziqlanganlarda esa yaqqol namoyon bo‘lgan disbioz (DI II) kuzatildi.
gen-moddiy o‘zgartirilgan soya, me’yoriy mikroflora, yo‘g‘on ichak, laboratoriya hayvonlari, disbioz.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.