Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 16-том 11-сан (2025) · 22-34-беттер
COVID-19 VA TUBERKULEZ; IKKI TOMONLAMA KOINFEKSIYA TAXLILI VA MUAMMONI XAL QILISHDA YONDASHUVLAR IMKONIYATI
Ongarbayev D.O., Xodjaeva M.I., Kayumova S.S., Eshonov S.Z., Shaniyazov A-S.J.
Аннотация
COVID-19 pandemiyasi butun duniyoda sog‘liqni saqlash tizimlariga katta ziyon yetkazdi. Pandemiya davrida ko‘pgina kasalliklar, jumladan tuberkulezga ham turli asoratlar va kasallik tarqalishdagi o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Metodlar: Mazkur tadqiqot Akademik Sh.A.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazida hamda Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya klinik shifoxonasida o‘tkazildi. Tadqiqotning birinchi bosqichida 2020-2022 yillardagi COVID-19 pandemiyasi davrida yuqoridagi keltirilgan ftiziatriya shifoxonalarida davolangan 10168 nafar bemorning kasallik tarixi o‘rganildi. Nafas a’zolari tizimida tuberkulez infeksiyasi rivojlangan umumiy bemorlar soni 207 nafar tashkil etdi. 1-gurux (asosiy gurux n=91) COVID-19 va tuberkulez bilan birgalikda kelgani (COVID-19/TB) ya’ni koinfeksiyali bemorlar. 2-gurux esa (nazorat gurux n=116) 2019 yildagi faqat o‘pka tuberkulezi bilan kasallangan bemorlar. Natija: Asosiy guruxda yallig‘lanish jarayonlari va o‘pkadagi og‘ir zararlanishlar ko‘proq kuzatilgan. Bu COVID-19 infeksiyasining tuberkulez patogenezini kuchaytirish imkoniyatini tasdiqlaydi. Shuningdek, nazorat guruxida kuzatilgan FKT va tarqalgan shakllar COVID-19siz holatlarda tuberkulezning ma’lum shakllari uchun xosligini ko‘rsatadi. Xulosa: O‘tkazilgan tahlillar natijasida COVID-19 infeksiyasi va tuberkulyoz (TB) koinfeksiyasini o‘rganish doirasida ularning klinik, rentgenologik va davolash natijalariga oid muhim jihatlar tahlil qilindi.
COVID-19, tuberkulyoz, XDRTB, MBT , GenXpert.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.