Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 17 № 12 (2026) · Саҳифаҳои 79-82
ALLERGIK RINIT PATOGENETIK MEHANIZMLARIDA FCER1A RS569108 (E237G) GENI POLIMORFIZIMINING AHAMIYATI
Djurayev J.A., Nazarov O.A.
Аннотатсия
Allergik rinit keng tarqalgan kasallik bo‘lib, u bemorlarning hayot sifatini pasaytiradi, mehnat va o‘qish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda bronxial astma kabi asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. An’anaviy diagnostika usullari (klinik belgilar, teri sinamalari, umumiy IgE darajasini aniqlash) har doim ham kasallikning aniq sababchi allergenlarini va individual immun javob xususiyatlarini to‘liq aks ettira olmaydi. Ushbu yondashuv allergen komponentlarini (molekulalarini) aniqlash orqali haqiqiy va soxta sensibilizatsiyani farqlash, kross-reaktivlikni baholash hamda individual davolash va profilaktika strategiyasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, genetik markerlarni aniqlash kasallikka irsiy moyillikni baholash va xavf guruhlarini shakllantirish imkonini beradi.
allergik rinit, gen, poliimorfizm.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.