Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 17-том 12-сан (2026) · 113-118-беттер
BOLALARDA ANTIBIOTIK QO‘LLANISHI OQIBATIDA RIVOJLANUVCHI DISBAKTERIOZ VA ANTIBIOTIK REZISTENTLIGINING O‘SISHI: MUAMMO VA ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI
Muradova R.R.
Аннотация
Ushbu maqolada bolalarda antibiotiklar qo‘llanishi natijasida rivojlanadigan disbakterioz va antibiotik rezistentligining ortishi masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy pediatriya amaliyotida antibiotik terapiyasining keng qo‘llanilishi ichak mikrobiotasining buzilishi va patogen mikroorganizmlarning chidamliligini oshirishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi aniqlangan. Adabiyotlar tahlili antibiotiklardan so‘ng bolalarda disbakteriozning tez-tez uchrashi, uning immun tizimi va metabolizmga ta’siri, shuningdek antibiotik rezistent shtammlarning paydo bo‘lishi xavfini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqolada mikrobiotani tiklash va antibiotik rezistentligini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy davolash yondashuvlari, jumladan probiotiklar, sinbiotiklar, postbiotiklar va fekal mikrobiota transplantatsiyasi kabi usullar ham ko‘rib chiqiladi. Ishning maqsadi — antibiotik qo‘llanishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va pediatrik amaliyotda samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqishga ilmiy asos yaratishdir.
infeksion kasalliklar, antibiotiklar, disbakterioz, ichak mikrobiotasi, antibiotik rezistentligi, probiotiklar.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.