Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 18-tom 13-san (2026) · 137-139-betler
KO’KRAK VA BEL UMURTQALARI YALLIG‘LANISHLARIDA (SPONDILODISITIDA) MORFOLOGIK O’ZGARISHLARNING XUSUSIYATLARI
Gafarov J.S., Sadiyev E.S.
Annotaciya
Ko‘krak va bel umurtqalari spondilodisitlari umurtqa pog‘onasining og‘ir yallig‘lanish kasalliklaridan biri bo‘lib, yuqori nogironlik xavfi bilan tavsiflanadi. Ushbu tadqiqot ko‘krak va bel umurtqalari spondilodisitlarida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kasallik jarayonida umurtqa tanalari va oraliq disklarda destruktiv-distrofik o‘zgarishlar, suyak to‘qimasining osteolitik yemirilishi, disk to‘qimasining nekrozi hamda atrof yumshoq to‘qimalarda yallig‘lanish infiltratsiyasi aniqlanadi. Shuningdek, granulyatsion to‘qima hosil bo‘lishi, fibroz jarayonlar va paravertebral absesslar rivojlanishi qayd etiladi. Morfologik o‘zgarishlarning og‘irlik darajasi ko‘krak va bel sohalarining anatomik-biomekanik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, umurtqa kanalining torayishi va nevrologik asoratlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Olingan natijalar spondilodisitni erta tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega..
spondilodisit, ko‘krak umurtqalari, bel umurtqalari, morfologik o‘zgarishlar, yallig‘lanish, destruksiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.