Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 18-jild 13-son (2026) · 140-149-betlar
ONA ORGANIZMIDAGI TEMIR TANQISLIK ANEMIYASINING PLATSENTADA FERRAPTOZ JARAYONLARI BILAN BOG‘LIQLIGI
Jalilova D.M., Shavazi N.N.
Annotatsiya
Ushbu maqolada homilador ayollarda temir tanqislik anemiyasining platsentada kechuvchi temir almashinuvi, trofoblastlarda ferritin degradatsiyasi, lipid peroksidlanish (LPO) va ferraptoz jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Ona organizmidagi antioksidant tizimning sustligi, qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi va glutation peroksidaza (GPX4) miqdorining kamayishi kamqonligi bor ona platsentasida oksidlovchi stressni kuchaytiradi, bu esa homila rivojlanishining orqada qolishi va erta tug‘ruq xavfini oshiradi.
trofoblast, ferritin, degradatsiya, lipid peroksidlanish, ferraptoz, antioksidant, Fenton reaksiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.