Юрист ахборотномаси 1-том 4-сан (2026) · 117-125-беттер
CRIMINOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE PREVENTION OF FRAUD COMMITTED BY WOMEN IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
МИРЗАЕВА, Азиза
Аннотация
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida ayollar tomonidan sodir etiladigan firibgarlik jinoyatlari profilaktikasini takomillashtirishning kriminologik asoslari, jinoyatchilik rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, ijtimoiy munosabatlarning raqamlashuvi hamda mulkiy jinoyatlarni sodir etish usullarining transformatsiyasi nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida ayollar tomonidan sodir etiladigan firibgarlikning kriminologik xususiyatlari kompleks tahlil qilinib, jinoiy xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, xulqiy va tashkiliy omillar ochib berilgan. Shuningdek, ishonchni suiiste’mol qilish, ijtimoiy aloqalardan hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan firibgarlik jinoyatlarini sodir etish mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasida firibgarlikning oldini olishning normativ-huquqiy asoslarini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilgan. Jinoyat qonunchiligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik hamda profilaktika subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Singapur qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotining qiyosiy-huquqiy tahlili asosida raqamli texnologiyalardan foydalanish, xavf-xatarlarga yo‘naltirilgan boshqaruv, jinoyatchilikning analitik monitoringi, davlat organlari bilan moliyaviy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek aholining huquqiy va raqamli savodxonligini oshirishga asoslangan firibgarlik profilaktikasining eng samarali yondashuvlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida milliy profilaktika tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular kriminologik monitoringni rivojlantirish, ayollar tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining individual profilaktikasi va resotsializatsiyasiga qaratilgan ixtisoslashtirilgan dasturlarni joriy etish, idoralararo axborot almashinuvini mustahkamlash, viktimologik profilaktikani kengaytirish hamda jinoyatlarning oldini olishning zamonaviy raqamli mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
мошенничество, женская преступность, профилактика преступлений, специальная профилактика, индивидуальная профилактика, криминология, предупреждение преступности, цифровое мошенничество, виктимологическая профилактика.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.