Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 19 № 14 (2026) · с. 20-28
HIQILDOQNING O‘SMASIMON KASALLIKLARIDA MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI
Rasulova N.Sh.
Аннотация
Ovoz apparati kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolash va uning buzilishlarining oldini olish zamonaviy otorinolaringologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu patologiyaning uchrash darajasi 6 foizdan 43 foizgachani tashkil etadi.Hiqildoq – o‘smasimon hosilalar, xavfsiz va xavfli o‘smalarning eng ko‘p uchraydigan joylaridan biri bo‘lib, ular katta xilma-xilligi bilan ajralib turadi. LOR a’zolari o‘smalari orasida hiqildoqning zararlanishi ham mutlaq soni, ham solishtirma salmog‘i (50-70 %) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bunga sabab, hiqildoqning o‘sma jarayonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi turli ta’sirlovchi omillarga ko‘proq duchor bo‘lishidir. Bularga kasbiy zararli omillar, jumladan, ovozning zo‘riqishi, chekish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, surunkali yallig‘lanish kasalliklari hamda turli endokrin va neyrovegetativ buzilishlar kiradi. Mazkur patogen omillar asosan xavfsiz o‘smalarning paydo bo‘lishiga olib keladi va bunday o‘smalar hiqildoqning xavfli o‘smalariga qaraganda ancha ko‘p uchraydi. Biroq xavfsiz o‘smalarning xavfi shundaki, ularning ayrimlari samarali profilaktika bo‘lmasa, o‘simtaoldi shakllariga o‘tib, keyinchalik xavfli o‘smaga aylanishi mumkin. Hiqildoq kasalliklarining eng ko‘p uchraydigan guruhini tashkil etuvchi xavfsiz o‘smalar va o‘smasimon hosilalar mehnat qobiliyatini buzuvchi yaqqol funksional o‘zgarishlarga olib kelishi, o‘z vaqtida davolanmasa, hatto bemorlarning o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Hiqildoqning xavfsiz o‘smalari ko‘pincha ovozning uzoq vaqt buzilishi bilan kechadi. Bu esa vokal-nutq kasblari vakillarida mehnat qobiliyatining turg‘un yo‘qolishiga, hattoki kasbga yaroqsizlik va nogironlikka ham olib keladi, bu esa mazkur muammoning tibbiy-ijtimoiy ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.
hiqildoqning xavfsiz o‘smalari, ovoz boylamidagi tuguncha, ovoz boylamidagi polip, ovoz boylamidagi kista.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.