Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Ҷилди 19 № 14 (2026) · Саҳифаҳои 142-145
SURUNKALI BUYRAK KASALLIGI BILAN OG`RIGAN BEMORLARDA DIALIZGA BOG‘LIQ SEREBROVASKULYAR BUZILISHLARNING KLINIK-DIAGNOSTIK XUSUSIYATLARI VA DAVOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Yodgarova U.G., Ahmadov A.A.
Аннотатсия
Ushbu maqolada surunkali buyrak kasalligi (SBK) bilan og‘rigan bemorlarda dializ bilan bog‘liq serebrovaskulyar buzilishlarning klinik-diagnostik xususiyatlarini o‘rganish va davolash usullarini takomillashtirishni ilmiy adabiyotlar va mahalliy kuzatishlar asosida ko‘rib chiqiladi. SBKning terminal bosqichlarida gemodializ va peritoneal dializ jarayonlari gemodinamik o‘zgarishlar, elektrolit disbalansi va uremik toksinlarning ta’siri orqali markaziy asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dializdagi bemorlarda serebrovaskulyar asoratlar ko‘pincha kech aniqlanadi va yashirin kechadi. Bu esa klinik boshqaruvni murakkablashtiradi, insult, surunkali miya ishemiyasi va kognitiv buzilishlar rivojlanish xavfi sezilarli darajada ortadi. Natijada nogironlik va o‘lim xavfi ko‘payadi.Dializdagi bemorlarda nevrologik simptomlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kognitiv pasayish, o‘tkinchi ishemik xurujlar) chastotasi, ularning klinik kechishi hamda instrumental diagnostika usullari (ENMG, KT, MRT, dopplerografiya) va umumiy laborator (umumiy qon, siydik) va spetsifik biokimyoviy (elektrolitlar, BDNF, mochevina, kreatinin) ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Shuningdek, dializ parametrlarining (seans davomiyligi, ultrafiltratsiya hajmi, qon bosimi o‘zgarishlari) serebrovaskulyar asoratlar rivojlanishiga ta’siri baholanadi. Olingan natijalar asosisida dializ jarayonida gemodinamik barqarorlikni saqlash, arterial bosimni individual nazorat qilish, antikoagulyant va neyroprotektiv terapiyani optimallashtirish amalga oshiriladi.Mazkur ish SBK bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik asoratlar xavfini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash va prognozni optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega.
surunkali buyrak kasalligi, dializ, serebrovaskulyar buzilishlar, insult, kognitiv disfunktsiya, gemodinamika, neyroprotektsiya.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.