Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 20-tom 15-san (2026) · 15-20-betler
BUYRAKLARNING SURUNKALI KASALLIGI PROGRESSIYASIDA ENDOTELIAL FUNKSIYANING AHAMIYATI
Daminov B.T., Baxtiyorova U.A.
Annotaciya
Annotatsiya: Dislipidemiya fonida surunkali buyrak kasalligi (SBK) progressiyasi xavfini aniqlashda endotelial disfunktsiya omillarining ahamiyatini baholash. SBK va dislipidemiya belgilari mavjud bemorlarda yuqori kardiovaskulyar xavf kuzatiladi, bu esa qon tomirlar endoteliysi funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq umumiy patogenetik mexanizmlar bilan izohlanadi. Surunkali buyrak kasalligining dastlabki bosqichlarida endotelial disfunktsiyaning rivojlanishi va progressiyasida ADMA muhim o‘rin tutadi, bunda asosiy patogenetik mexanizm sifatida qon tomir devorining aterosklerotik qayta shakllanishi namoyon bo‘ladi. ADMA konsentratsiyasining ishonchli darajada oshishi aniqlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni kasallikning erta bosqichlari patogenezida ishtirok etuvchi omillardan biri sifatida baholash imkonini beradi.
Kalit so‘zlar: surunkali buyrak kasalligi, dislipidemiya, endotelial disfunktsiya, assimetrik dimetilarginin.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.