Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Том 20 № 15 (2026) · с. 41-49
BIRLAMCHI “BO‘SH” TURK EGARI SINDROMINING MORFOLOGIK PROGRESSIYALANISHIDA MOLEKULYAR-GENETIK PREDIKTORLAR
Artikova D.M.
Аннотация
Ushbu tadqiqotda COL1A1 rs1800012 T/T genotipi bilan birlamchi “bo‘sh” turk egari sindromining progressiyalanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik baholandi. Tadqiqotga birlamchi “bo‘sh” turk egari sindromi bo‘lgan 36 nafar bemor hamda nazorat guruhidagi 36 nafar shaxs jalb etildi. Barcha tekshirilganlarda COL1A1 rs1800012 polimorfizmi bo‘yicha molekulyar-genetik tadqiqot o‘tkazildi. Olingan natijalarga ko‘ra, T/T genotipi uchrash chastotasi nazorat guruhidan shakllanayotgan shaklga va undan to‘liq shaklga qarab ortib bordi: 2,8% → 11,8% → 26,3%. Ayniqsa, to‘liq shaklda ushbu genotip bilan sezilarli assotsiatsiya aniqlandi (p=0,01; OR=12,5). Shunday qilib, COL1A1 rs1800012 T/T genotipi birlamchi “bo‘sh” turk egari sindromining to‘liq shakli rivojlanish xavfini baholashda qo‘shimcha molekulyar-genetik marker sifatida qaralishi mumkin.
birlamchi “bo‘sh” turk egari sindromi, BBTE, COL1A1, rs1800012, T/T genotipi, polimorfizm, molekulyar-genetik marker, morfologik progressiyalanish, turk egari diafragmasi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.