Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии Volume 20 Issue 15 (2026) · pp. 91-98
STOMATOLOGIYA AMALIYOTIDA ADGEZIV TIZIMLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI
Zakirova H.X., Abdulazizov T.U., Ibragimov A.X.
Abstract
Rivojlangan stomatologiya minimal invaziv texnologiyalar va yuqori estetik davolash usullarini keng joriy etmoqda. Bu jarayonda adgeziv tizimlar tishning qattiq to‘qimalari bilan restavratsion materiallar o‘rtasida mustahkam va uzoq muddatli bog‘lanishni ta’minlab, muhim ahamiyat kasb etadi. Adgeziya sifati davolash samaradorligi, restavratsiyalarning xizmat muddati va ikkilamchi kariyesning oldini olish bilan bevosita bog‘liq.Shu sohadagi katta yutuqlarga qaramasdan, ularning uzoq muddatli barqarorligi, qo‘llash texnikasiga sezgirligi va og‘iz bo‘shlig‘idagi turli omillar ta’siri bilan bog‘liq muammolar hali ham mavjud. Shuning uchun zamonaviy adgeziv tizimlarning xususiyatlari, samaradorligi va ularni qo‘llashning optimal shartlarini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi.
adgeziv tizim, bonding, kompozit.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.