Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 21-том 16-нөмір (2026) · 92-97-беттер
HOMILADORLIK DAVRIDA COVID-19 BILAN KASALLANGAN ONALARDAN TUG’ILGAN CHAQALOQLARNING IMMUN ORGANLARIDAGI PATOMORFOLOGIK VA GISTOLOGIK O’ZGARISHLAR
Djumaniyazova N.S., Karimov R.X., Tajibayeva M.R., Sultanov B.B.
Аңдатпа
Ushbu tadqiqot homiladorlik davrida onaning SARS-CoV-2 infeksiyasiga chalinishi natijasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning immun organlarida yuzaga keladigan patomorfologik va gistologik o‘zgarishlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda immun tizimining erta shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan birlamchi va ikkilamchi limfoid organlar, jumladan timus, taloq va periferik limfa tugunlaridagi strukturaviy qayta qurilishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Olingan natijalar aniqlangan immun morfologik o‘zgarishlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri virusning transplatsentar uzatilishi bilan emas, balki onadagi tizimli yallig‘lanish va immun faollashuvning bilvosita ta’siri bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Xarakterli patologik belgilar sifatida timusning aktsidental involyutsiyasi, taloq oq pulpasining gipoplaziyasi hamda limfa tugunlarida germinal markazlar shakllanishining susayishi aniqlangan. Ushbu o‘zgarishlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda funksional immunologik zaiflik holatini aks ettirib, postnatal davrda individual immunologik monitoring va kuzatuv strategiyalarini ishlab chiqish zaruratini belgilaydi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.