Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 21-том 16-сан (2026) · 220-226-беттер
GEMATOLOGIK KASALLIKLARDA GEMORRAGIK ASORATLARNING PROFILAKTIKASI, TASHXISI VA DAVOLASH (ADABIYOTLAR SHARHI)
Abdiyev K.M.
Аннотация
Maqolada gematologik kasalliklarda gemorragik asoratlarning profilaktikasi, tashxisi va davolashning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. O‘tkir va surunkali leykozlar, limfomalar, miyelodisplastik sindrom, immun trombotsitopeniya, koagulopatiyalar hamda miyeloproliferativ kasalliklarda gemorragik sindrom rivojlanishining asosiy sabablari bayon qilingan. Gemostaz buzilishlarining klinik ko‘rinishlari, laborator va instrumental tashxis usullari, jumladan koagulogramma, qon ivish omillari faolligini aniqlash, trombotsitlar vazifasini baholash va molekulyar-genetik tekshiruvlar keltirilgan. Antikoagulyant terapiya fonida rivojlanadigan gemorragik asoratlar hamda ularni antidotlar, qon komponentlari, ivish omillari konsentratlari va antifibrinolitik dorilar yordamida tuzatissh usullari ko‘rib chiqilgan. Immun trombotsitopeniya, miyeloproliferativ kasalliklar va o‘tkir leykoz bilan kasallangan bemorlarni olib borish xususiyatlariga alohida e'tibor qaratilgan. Hayot uchun xavfli qon ketishlarning oldini olishda kompleks laborator monitoring va individual yondashuvning ahamiyati ta'kidlangan.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.