Фарғона методика мактаби Issue 1 (2025) · pp. 12-19

PEDAGOGIK QOBILIYAT TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

Majidova Feruza Maxmud qizi

Read at source PDF

Abstract

Ushbu maqolada pedagogik qobiliyat samaradorligi hamda ta’lim tizimidagi kamchilik va yutuqlar o‘rganilgan. Shuningdek Jahonda ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va ayniqsa, siyosiy sohalarda kuzatilayotgan keskin o‘zgarishlar va iqtisodiy sohadagi beqarorlik insonlarning dunyoqarashi, xulq-atvori, turmush tarzi va ularning kasbiy faoliyatiga ham ta’sir etib, katta o‘zgarishlar yasash kerakligini taqozo etmoqda. Pedagogik qobiliyat, uning turlari, ahamiyati, mohiyati tahlil etilgan, ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining pedagogik qobiliyati, uni rivojlantirish va undan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Yoshlar bu bizning kelajagimiz. Shuning uchun ham ularning tarbiyasi eng dolzarb masaladir. Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo‘layotgan voqea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o‘rgangan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari etib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifasi bo‘lib hisoblanadi.  Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi uchun jamiyatning barcha insititutlari mas’uldir. Ayniqsa, barkamol avlodni shakllantirishning amaliyotini ta’minlashda, bu boradagi ilmiy muammolarning echimini topish, olg‘a surilgan nazariy xulosa va tavsiyalarni ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etish jamiyatimizning ota-onalar, tarbiyachi-o‘qituvchilari, uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yadigan davlat buyurtmasini samarali bajarilishi garovidir.

qobiliyat turlari, ta’lim sifati, o‘qituvchi mahorati, kompetentlik, allomalar merosi, hayotiy qadriyatlar, ma’naviy meros, pedagogik texnologiyalar, pedagogik mahorat, mustaqil ta’lim olish qobiliyati.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Majidova Feruza Maxmud qizi (2025). PEDAGOGIK QOBILIYAT TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA. Фарғона методика мактаби, (1), 12-19.
GOST R 7.0.5
Majidova Feruza Maxmud qizi PEDAGOGIK QOBILIYAT TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA // Фарғона методика мактаби. 2025. № 1. С. 12-19.
BibTeX
@article{qizi2025,
  author  = {Majidova Feruza Maxmud qizi},
  title   = {PEDAGOGIK QOBILIYAT TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA},
  journal = {Фарғона методика мактаби},
  year    = {2025},
  number  = {1},
  pages   = {12-19}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Majidova Feruza Maxmud qizi
TI  - PEDAGOGIK QOBILIYAT TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA
JO  - Фарғона методика мактаби
PY  - 2025
IS  - 1
SP  - 12
EP  - 19
ER  -