Фарғона методика мактаби 1-san (2025) · 12-19-betler
PEDAGOGIK QOBILIYAT TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA
Majidova Feruza Maxmud qizi
Annotaciya
Ushbu maqolada pedagogik qobiliyat samaradorligi hamda ta’lim tizimidagi kamchilik va yutuqlar o‘rganilgan. Shuningdek Jahonda ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va ayniqsa, siyosiy sohalarda kuzatilayotgan keskin o‘zgarishlar va iqtisodiy sohadagi beqarorlik insonlarning dunyoqarashi, xulq-atvori, turmush tarzi va ularning kasbiy faoliyatiga ham ta’sir etib, katta o‘zgarishlar yasash kerakligini taqozo etmoqda. Pedagogik qobiliyat, uning turlari, ahamiyati, mohiyati tahlil etilgan, ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining pedagogik qobiliyati, uni rivojlantirish va undan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Yoshlar bu bizning kelajagimiz. Shuning uchun ham ularning tarbiyasi eng dolzarb masaladir. Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan bo‘layotgan voqea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o‘rgangan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari etib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi uchun jamiyatning barcha insititutlari mas’uldir. Ayniqsa, barkamol avlodni shakllantirishning amaliyotini ta’minlashda, bu boradagi ilmiy muammolarning echimini topish, olg‘a surilgan nazariy xulosa va tavsiyalarni ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etish jamiyatimizning ota-onalar, tarbiyachi-o‘qituvchilari, uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yadigan davlat buyurtmasini samarali bajarilishi garovidir.
qobiliyat turlari, ta’lim sifati, o‘qituvchi mahorati, kompetentlik, allomalar merosi, hayotiy qadriyatlar, ma’naviy meros, pedagogik texnologiyalar, pedagogik mahorat, mustaqil ta’lim olish qobiliyati.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.