Фарғона методика мактаби № 3 (2026) · Саҳифаҳои 53-58
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda vaqtni boshqarish konsepsiyasining nazariy-pedagogik asoslari
Soliyeva Ruxsora Sharobiddin qizi
Аннотатсия
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida vaqtni boshqarish (taym-menejment) konsepsiyasini joriy etishning nazariy-pedagogik asoslari tadqiq etilgan. Bugungi shiddatli axborotlashgan ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf pedagogining ko‘p funksiyali kasbiy faoliyati va undagi vaqt taqchilligi muammosi tahlil qilingan. Tadqiqotda vaqtni boshqarish ko‘nikmasi bo‘lajak o‘qituvchining metakompetensiyasi hamda kasbiy emotsional charchashning oldini oluvchi muhim omil sifatida asoslangan. Shuningdek, oliy pedagogik ta’lim jarayonida tizimli, faoliyatli va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida talabalarning vaqt unumdorligini oshirish bo‘yicha pedagogik shart-sharoitlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, taym-menejment, vaqtni boshqarish konsepsiyasi, nazariy-pedagogik asoslar, kasbiy kompetentlik, metakompetensiya, xronometraj, emotsional charchash.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.