Agrobiznes, fan va texnologiyalar 4-том 8-нөмір (2026)
Har xil yiriklik fraksiyalariga ega bo'lgan bug'doy donining unboplik xususiyatlari
Каримов, Ислом Рустамалиевич, Мизатиллаева, Эзоза, Karimov, Islom Rustamaliyevich, Mizatillayeva, Ezoza, Karimov, Islom Rustamaliyevich, Mizatillayeva, Ezoza
Аңдатпа
Ushbu maqolada turli yiriklik fraksiyalariga ajratilgan bug'doy donining unboplik xususiyatlari o'rganilgan. Tadqiqotlarda bug'doy donining yirikligi, 1000 dona don massasi, natura massasi, namligi, shishasimonligi, oqsil miqdori, un chiqimi va unning kuldorligi kabi asosiy ko'rsatkichlar tahlil qilingan. Don yirikligining ortishi bilan uning texnologik xususiyatlari, jumladan, endosperm miqdori va un chiqimining ma'lum darajada oshishi kuzatilgan. Yirik fraksiyali donlardan olingan unning sifati mayda fraksiyali donlarga nisbatan yuqoriroq bo'lishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari bug'doy donini un ishlab chiqarishga yo'naltirishdan oldin yiriklik fraksiyalari bo'yicha saralash texnologiyasining samaradorligini ko'rsatadi.
wheatgrainfractionsizemilling propertiesflour yieldendospermtest weight1000-kernel weightash content
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.